Biz haqimizda
«eMaktab» – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining yagona raqamli taʼlim platformasi boʻlib, oʻqituvchilar, oʻquvchilar, ota-onalar, taʼlim tashkilotlari maʼmuriyatlari, shuningdek, taʼlim boshqaruvi organlari vakillari uchun moʻljallangan.
Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari:
- Maktab va maktabgacha ta’limni raqamlashtirish.
- O‘quv jarayoniga ilg‘or AKTlarni integratsiyalash.
- “O‘qituvchi-o‘quvchi-ota-ona” interfaol muloqotini rivojlantirish.
- Masofaviy va mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini amalga oshirish.
- Maktab o‘quv dasturi doirasidagi fanlarni qo‘shimcha o‘rganish uchun multiservisli “eMaktab.Smart” onlayn platformasini ishlab chiqish.
“Similarweb” tahliliy portali maʼlumotlariga koʻra, www.emaktab.uz sayti “Uznet”da eng koʻp tashrif buyuriladigan saytlar uchligiga kiradi.
“eMaktab” platformasi onlayn rejimda dars jadvallarini yaratish, oʻqituvchilar uchun dars rejalarini tuzish, oʻquvchilarning davomati hamda yutuqlarini jurnal va kundalikning elektron shakllarida yuritish imkonini beradi, shuningdek, taʼlim tashkilotlari va taʼlim organlariga statistik hisobotlarni shakllantirish vositalarini taqdim etadi. Oʻquvchilar va ularning ota-onalari uchun “eMaktab” tun-u kun baholash va uy vazifalarini, shuningdek, qo‘shimcha ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
“eMaktab” xizmatlari mobil ilova shaklida ham mavjud.
O‘qituvchilar uchun “eMaktab.Jurnal” ilovasi xatto internetga ulanmasdan ham baho qo‘yish, uy vazifasini belgilash va o‘z jadvalingizni kuzatish imkonini beradi. Internetga ulanish faqat joriy jurnal va jadvalni yuklab olish uchun ish kuni boshlanishidan oldin, shuningdek ish kunining oxirida zarur bo‘ladi, shunda o‘qituvchi dars paytida telefonga kiritgan ma’lumotlar tizim bilan uyg‘unlashadi. Shu kungacha ilova 1 million marotabadan ortiq yuklab olingan.
O‘quvchilar va ota-onalar uchun “eMaktab.Oila” ilovasi elektron kundalikning standart opsiyalariga qo‘shimcha ravishda quyidagilar haqida ma’lumot beradi:
- bolaning qayerdaligi;
- joriy dars;
- fanlar bo‘yicha bolaning sinfdagi reytingi;
- o‘rtacha balli va hafta natijalari;
- ertangi kun uchun muhim ishlar;
- keyingi o‘quv kuni uchun uy vazifalari soni.
Shu kungacha ilova 1 million marotabadan ortiq yuklab olingan.
“eMaktab.Treker” ilovasi ota-onalarga farzandining qayerdaligi haqida ma’lumot olib turish imkonini beradi. Ota-onalarning mobil qurilmalariga farzandining ayni damda qayerdaligi, shuningdek, har kunlik harakatlanishi to‘g‘risidagi bildirishnomalar kelib turadi. Bolalar xavfsizligini ta’minlash uchun “eMaktab.Treker” ilovasida favqulodda telefon raqamlari mavjud bo‘lgan SOS tugmalari bo‘lib, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda, bola tugmani bir marotaba bosish orqali yordamga muhtojligi haqida xabar berishi mumkin. Ilovada shuningdek, qizil qo‘ng‘iroq tugmasini bir marotaba bosish orqali raqamga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
“eMaktab”ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Telegram kanal: eMaktab| Rasmiy kanal
Facebook: "eMaktab.uz" raqamli ta'lim platormasi
"YouTube"dagi videoblog: eMaktab | Rasmiy kanal
"Yandex.Dzen"dagi blog: "eMaktab-aka" O'zbekistondagi elektron kundalik va jurnallar haqida